O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo`limi
- Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda – Qo‘mita) Toshkent shahar Shayxontohur tuman bo`limi (keyingi o‘rinlarda – Bo`lim) maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquqlarini va majburiyatlarini belgilaydi.
- Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qo‘mita hamda boshqarma qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalariga, shuningdek, ushbu nizomga amal qiladi.
- Bo`lim o‘z faoliyatida Qo‘mitaning hududiy bo`shqarmasiga (keyingi o`rnilarda – Boshqarma) bo‘ysunadi va hisobot beradi.
- Bo`lim yuridik shaxs hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilida o‘z nomi yozilgan muhriga va blankalariga, mustaqil balansiga, Moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo`mitasining hududiy organlarida shaxsiy g`azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
- Bo`lim o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shu jumladan fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
- Bo`limning rasmiy nomi:
- davlat tilida:
-to‘liq nomi:– Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar Shayxontohur tuman bo`limi;
qisqartirilgan nomi: – Sanepidqo’m Toshkent shahar Shayxontohur tuman bo`limi;
b) rus tilida:
to‘liq nomi: – Шайхантахурское районное отделение Комитета санитарно-эпидемиологического благополучия и общественного здоровья города Ташкента;
qisqartirilgan nomi — Санэпидком отдел Шайхантахурского района.
7. Bo`limning joylashgan manzili (pochta manzili): Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Xadra dahasi, 17a uy.
Bo`limning vazifalari va funksiyalari
- Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
aholining sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi sohasida hududiy davlat boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlarning faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilishni ta’minlash;
-yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (SanQvaN) rioya qilinishi bo‘yicha belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazish va sanitariya-epidemiologiya sohasida qonun buzilishlar bo‘yicha belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash;
-oziq-ovqat xom ashyosi va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi obyektlar faoliyatida asoslangan me’yor va standartlar talablariga rioya qilinishi ustidan tasdiqlangan metodologiyalar asosida nazorat olib borish;
-yuqumli, parazitar, shuningdek yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning yuzaga kelishi va tarqalishini oldini olishga qaratilgan epidemiyaga qarshi va
sanitariya-gigiyenik tadbirlarni tashkillashtirish va amalga oshirish;
sanitariya-gigiyena, bakteriologiya va parazitologiya laboratoriyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
-inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillar bo‘yicha tizimli monitoringlarni tashkil qilish, amalga oshirish, tahlil qilish va tegishli hisobotlar yuritish;
yuqumli va parazitar kasalliklarning yuzaga kelishi va tarqalishini oldini olishga qaratilgan o‘choqli dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlari o‘tkazilishini tashkil qilish, amalga oshirish;
-sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligini ta’minlash maqsadida xavf-xatarlarni barvaqt aniqlashni ta’minlash, baholash va bartaraf etish uchun kelib chiqishi oziq-ovqat bilan bog‘liq kasalliklar ustidan milliy monitoringlar olib borish;
o‘ta xavfli yuqumli infeksiyalar bo‘yicha epidemiologik nazorat olib borish hamda profilaktik va epidemiyaga qarshi kompleks tadbirlarini o‘tkazish;
-turli ijtimoiy guruhlarni qamrab olgan holda, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun sanitariya-gigiyenik o‘qitishni tashkil etishga qaratilgan
chora-tadbirlarni o‘tkazish;
-sohaga oid statistik ma’lumotlarni yuritish, to‘plash, tahlil qilish, aholi salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash maqsadida, zarur tekshirishlar va so‘rovlar o‘tkazish;
Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarni amalga oshirish, soha yo‘nalishlari bo‘yicha hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarga yechim topish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, fuqarolarning tizimli muammolarini hal etish, tadbirkorlik faoliyatini xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash.
- Bo`lim o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) aholining sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi sohasida davlat va boshqaruvi organlarining faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilishni ta’minlash sohasida:
korxona va tashkilotlar bilan hududlarda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, jumladan karantin, o‘ta xavfli va boshqa infeksiyalarni, aholi uchun o`ta xavfli bo`lgan tovar va yuklar O‘zbekiston Respublikasi chegarasidagi o`tkazish punktlaridan olib kirilishi, olib o‘tilishi va tarqatilishining oldini olish borasidagi kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Davlat veterinariya qo`mitasi bilan birga kasallik keltirib chiqaruvchi manbalarni yo‘q qilishga, antroponoz va zooantroponoz infeksiyali va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshiradi.
b) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (SanQvaN) rioya qilinishi bo‘yicha belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazish va sanitariya-epidemiologiya sohasida qonun buzilishlar bo‘yicha ma`muriy javobgarlik choralarini belgilangan tartibda qo‘llash sohasida:
belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan, sanitariya-epidemiologiya sohasi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ustidan belgilangan tartibda laboratoriya va instrumental usullarini qo‘llagan holda davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini (keyingi o‘rinlarda-nazorat) amalga oshiradi;
oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi, shu jumladan umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlarida tekshiruvlar o‘tkazadi;
iste’molchilarni vodoprovod suvi bilan ta’minlaydigan, oqova suvlarni chiqarib tashlaydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tekshiruvlar o‘tkazadi;
qonun hujjatlariga ko‘ra xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan savdo va aholiga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan, shu jumladan sartaroshxona va kosmetologiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlarida tekshiruvlar o‘tkazadi;
aholiga diagnostika, davolash-profilaktika xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlarida tekshiruvlar o‘tkazadi;
aholiga tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazadi;
nazoratdagi obyektlar ishchi-xodimlarini majburiy, dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish tartibi va davriyligini hamda tibbiy tashkilotlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishining to‘liqligini nazorat qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan umumiy ovqatlanish ob’ektlarida ratsional va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etilishi ustidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarning bajarilishini nazorat qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ionlashtirmaydigan nurlanish, shovqin, tebranish va inson salomatligi hamda atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan boshqa fizik omillar bilan ishlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
nazorat ob‘ektlarida o‘tkir va surunkali kasb kasalliklarini kelib chiqishi holatlari ustidan nazorat qiladi;
yuqumli va parazitar kasalliklar manbai bo‘lgan, shuningdek, tibbiy ko‘riklardan o‘z vaqtida o‘tmagan shaxslarni vaqtincha ishdan chetlashtirish to‘g‘risida ish beruvchilarga taqdimnoma kiritadi.
d) oziq-ovqat xom ashyosi va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi obyektlar faoliyatida asoslangan me’yor va standartlar talablariga rioya qilinishi ustidan tasdiqlangan metodologiyalar asosida nazorat olib borish sohasida:
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish jarayonlaridagi sanitariya-epidemiologik holatlarni nazorat qiladi va mahsulotlarning xavflilik darajalarini mezonlari bo‘yicha tasniflaydi;
oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish holatlari bo‘yicha epidemiologik surishtiruvlar o‘tkazadi va bu haqda belgilangan tartib bo‘yicha xabar beradi va tarqalib ketishining oldini olishga qaratilgan epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyenik tadbirlarni o‘tkazadi.
e) yuqumli, parazitar, shuningdek yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning yuzaga kelishi va tarqalishini oldini olishga qaratilgan epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyenik tadbirlarni tashkillashtirish va amalga oshirish sohasida:
hududlarga karantin va o‘ta xavfli, yuqumli va parazitar kasalliklarning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o‘tkazadi;
yuqumli kasalliklarning immunoprofilaktikasi sohasida aholi orasida o‘tkaziladigan profilaktik emlashlarning muddatlari, sifati va samaradorligini nazorat va tahlil qiladi;
yuqumli va parazitar kasalliklar o‘choqlarida surishtiruv ishlarini o‘tkazadi, sanitariya-gigiyenaga oid va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirilishi ustidan nazorat qiladi;
aholi yashash punktlarini rivojlantirish va yer uchastkalari ajratish bo‘yicha loyiha materiallarini, xo‘jalik va sanoat obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini ko‘rib chiqishda va xulosa berishda ishtirok etadi;
inson salomatligi va atmosfera havosi uchun zararli fizik omillar orqali ta’sir ko‘rsatuvchi obyektlarning ro‘yxatini va hisobini olib boradi hamda nazorat olib boradi.
f) laboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish sohasida:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan SanQvaN rioya qilinishi bo‘yicha olingan (keltirilgan) namunalarda bakteriologiya va parazitologiya laboratoriy tahliliy tekshirishlar o‘tkazadi;
tashqi muhit obyektlaridagi inson sog‘lig‘iga ta’sir qiluvchi omillar bo‘yicha tahlildan o‘tkazadi;
bakteriologik va parazitologik kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini aniqlash bo‘yicha tahlillar olib boradi.
g) inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish va tahlil qilishning yangi shakl va usullarini amaliyotga joriy etish sohasida:
inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillarni aniqlaydi, tizimli monitoringini olib borishni tashkil qiladi va olib boradi;
o‘tkazilgan monitoring natijalari tahlil qiladi hamda monitoring shakl va usullarni amaliyotga joriy etadi.
h) yuqumli va parazitar kasalliklar yuzaga kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlari o‘tkazilishini tashkil qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish sohasida:
yuqumli va parazitar kasalliklar yuzaga kelishining oldini olishga va ularni kamaytirishga, ular yuqish yo‘llari va omillariga ta’sir ko‘rsatishga va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan epidemiologik asoratlar oqibatlarini tugatishga qaratilgan profilaktik va o‘choqli dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya, epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkaziladi.
i) sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligini ta’minlash maqsadida xavf-xatarlarni barvaqt aniqlashni ta’minlash, baholash va bartaraf etish uchun kelib chiqishi oziq-ovqat bilan bog‘liq kasalliklar ustidan milliy monitoringlar olib borish va muvofiqlashtirish sohasida:
aholining turli guruhlari bo‘yicha ovqatlanish me’yor va ko‘rsatkichlarini baholaydi, aholining ovqatlanish sifati bilan bog‘liq bo‘lgan salomatlik holatini o‘rganadi;
noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish tadbirlarini o‘tkazadi, aholining sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda keng targ‘ibot ishlarini o‘tkazadi;
tibbiyot va ta’lim muassasalarida ratsional ovqatlanish holatlarini o‘rganadi;
mahalliy ishlab chiqariladigan va xorijdan keltirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xom ashyosining sanitariya-epidemiologik xavfsizligini nazorat qiladi;
oziq-ovqat mahsulotlari bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarni oldini olish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqish, saqlash, tashish va savdosi bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda nazorat qiladi;
ommaviy ovqatdan zaharlanish va oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuzaga keladigan yuqumli kasalliklarni ro‘yxatga olish bo‘yicha elektron ma’lumotlar yuritadi, ularni erta aniqlash va xavflarni bartaraf etish choralari ko‘radi;
tadbirkorlik subyektlariga o‘rnatilgan tartibda “Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik belgisi”ni beradi.
j) o‘ta xavfli yuqumli infeksiyalar bo‘yicha epidemiologik nazorat olib borish hamda profilaktik va epidemiyaga qarshi kompleks tadbirlarini o‘tkazish sohasida:
o‘ta xavfli yuqumli infeksiyalar bo‘yicha epidemiologik nazoratini olib boradi;
aholini karantin va o‘ta xavfli kasalliklar epidemiyalaridan muhofaza qilish masalalari bo‘yicha belgilangan shakllar va tartib asosida nazorat olib boradi.
k) turli ijtimoiy guruhlarni qamrab olgan holda, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun sanitariya-gigiyenik o‘qitishni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘tkazish sohasida:
fuqarolarni gigiyenaga oid o‘qitish va tarbiyalash borasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni ta’minlaydi;
faoliyati oziq-ovqat xom ashyosi, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suvi va kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotish, aholiga maishiy va kommunal xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlarni, shuningdek, tibbiyot, ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishga qo‘yishdan oldin va ish faoliyati davomida to‘lov-kontrakt asosida sanitariya-gigiyena bo‘yicha ta’lim berilishini amalga oshiradi;
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va aholining sanitariya bo‘yicha savodxonligini oshirish maqsadida maxsus materiallar va dasturlar asosida ommaviy axborot vositalarida chiqishlar va boshqa turdagi targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazadi.
l) sohaga oid statistik ma’lumotlarni yuritish, to‘plash, tahlil qilinishiga uslubiy rahbarlik qilish, aholi salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash maqsadida zarur tekshirishlar va so‘rovlar o‘tkazish sohasida:
bo‘limlar faoliyatga bog‘liq barcha statistik ma’lumotlarni to‘playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi hamda belgilangan muddatlarda Boshqarmaga taqdim etadi;
aholining salomatligi holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash maqsadida zarur tekshirishlar va so‘rovlar o‘tkazadi.
m) sohaning joriy va kelgusidagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda, kadrlarni o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkillashtirish sohasida:
bo‘lim mutaxassislarini o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni rejalashtiradi va o‘rnatilgan tartibda tashkillashtiradi;
bo‘limlarda kadrlar zaxirasini shakllantiradi;
n) Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarni amalga oshirish, soha yo‘nalishlari bo‘yicha hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarga yechim topish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, fuqarolarning tizimli muammolarini hal etish, tadbirkorlik faoliyatini xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash sohasida:
budjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanadi;
energiyani tejaydi, uning samaradorligini oshiradi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng jalb qiladi;
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan sohalarda korrupsiya omillarini bartaraf etadi;
Sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi sohasida qonun hujjatlariga muvofiq ravishda boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.